Oʻzbekiston va Qozogʻiston joriy yilda Sirdaryo boʻylab suvni avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimlarini oʻrnatishni yakunlash niyatida.
“Kazinform” xalqaro agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonda suvni tejaydigan texnologiyalar faol joriy etilmoqda. Mamlakatimizda maxsus axborot-tahlil markazi faoliyat yuritib, uning mutaxassislari amalga oshirilgan ishlar haqida maʼruza qildi. Natijada tomonlar ikki tomonlama kelishuvga erishdilar, unga koʻra qozogʻistonlik mutaxassislar mart oyida ushbu sohadagi tajribasi bilan tanishish uchun Oʻzbekistonga tashrif buyurishadi.
Qayd etilishicha, Oʻzbekiston kanallarni betonlash orqali suv isteʼmolini allaqachon 15 foizga qisqartirgan. Qozogʻistonda ham suvdan foydalanishni yaxshilash boʻyicha keng koʻlamli loyihalar amalga oshirilmoqda. Sirdaryo boʻylab suvni hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini oʻrnatishni yakunlash joriy yildagi asosiy qoʻshma rejalardan biri boʻlib qoladi.