Oʻzbekiston fuqarolik sudlari 2024-yilda ajralish arafasida turgan 4 ming 392 oilani yarashtirishga yordam berdi. Bu haqda 3-fevral kuni Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
Shuningdek, sud organlari tomonidan voyaga yetmagan bolalarga aliment undirish toʻgʻrisidagi 79 854 ta daʼvo qanoatlantirildi. Nizolarni hal qilishda mediativ usullar faol qoʻllanildi, buning natijasida 3 238 ta iqtisodiy va 3 016 ta fuqarolik nizolarini hal qilishga erishildi.
Avvalroq Oʻzbekistonda ajralishlar koʻpincha farzandsiz oilalarda sodir boʻlishi, ayollar esa koʻpincha 35 yoshida nikohni bekor qilishi haqida xabar berilgandi.