Hokimlik matbuot xizmati Alisher Boʻriyevich Xidirov Sirdaryo viloyati hokimi oʻrinbosari lavozimiga tayinlangani haqida xabar berdi.
U hududning yangi rahbari Erkinjon Turdimov jamoasida ishlaydi, qurilish, toʻsiqsiz muhitni rivojlantirish, kommunikatsiyalar, kommunal xoʻjalik, ekologiya va koʻkalamzorlashtirish masalalariga masʼul boʻladi.
Ilgari Xidirov “Oʻzbekiston temir yoʻllari” shoʻba korxonasi — “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJda marketing va servis xizmati boʻyicha direktor lavozimida ishlagan.
U 2022-yildan buyon ushbu lavozimda ishlab kelayotgan Vohid Ibodullayev oʻrnini egalladi. Eslatib oʻtamiz, viloyatning sobiq hokimi Akmaljon Mahmudaliyev 2025-yil yanvarida isteʼfoga chiqarilgan, shundan soʻng Erkinjon Turdimov viloyat rahbari vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangandi.