Oʻzbekistonda bojxona yigʻimlarining yangi stavkalari tasdiqlandi

O‘zbekiston

Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi bojxona yigʻimlarining yangi stavkalarini tasdiqladi. Endilikda yigʻim miqdori bojxona organlari xarajatlaridan kelib chiqib hisoblanadi. Muhim oʻzgarishlardan biri — ish vaqtidan tashqari vaqtda tovarlarni rasmiylashtirish uchun toʻlovning pasaytirilishi, dastlabki deklaratsiyalashda chegirma berilishi boʻldi.

Foto: Allbest.uz

31-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan bojxona yigʻimlarining yangi stavkalari toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.

Oʻzgartirishlar mamlakatni tashkilotga aʼzo boʻlishida muhim qadam boʻlgan tariflarni Jahon savdo tashkiloti (JST) talablariga muvofiqlashtirishga qaratilgan. Endilikda tovarlarni rasmiylashtirish uchun bojxona yigʻimining miqdori bojxona organlarining taxminiy xarajatlari asosida hisoblanadi.

Asosiy oʻzgarishlardan biri ish vaqtidan tashqari rasmiylashtirish uchun toʻlovning sezilarli darajada pasayishi boʻldi — 2 bazaviy hisoblash miqdoridan (750 ming soʻm) BHMning 25 foizigacha (93,75 ming soʻm). Shuningdek, oldindan deklaratsiyalashda yigʻim summasidan 20% chegirma nazarda tutilgan.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.