Bir oy davomida palov narxi qimmatlashgan hududlar nomi maʼlum qilindi

O‘zbekiston

2025-yil yanvar oyida Oʻzbekistonda palovning oʻrtacha narxi 3,6 foizga oshdi. Toshkent yetakchi boʻldi, bu yerda taomning bir porsiyasi 35,7 ming soʻmga tushadi. Namangandagi palov mamlakatning boshqa hududlariga nisbatan arzonligicha qolmoqda.

Yanvar oyida Namangan viloyatida palov porsiyasi 22,9 ming soʻmga baholandi, bu bir oy oldingiga nisbatan 3,6 foizga koʻp, deya xabar berdi Statistika agentligi.

Narxlar oshganiga qaramay, Namangandagi palov mamlakatning boshqa hududlariga nisbatan arzonligicha qolmoqda.

Xorazm viloyatida palov 3,1 foizga qimmatlashib, 31,9 ming soʻmga yetdi. Surxondaryo viloyatida narx 2 foizga oshib, 29,1 ming soʻmni tashkil etdi.

Qoraqalpogʻistonda uning narxi 1,6 foizga oshib, 26,1 ming soʻmni tashkil etdi.

Respublikadagi eng qimmat palov Toshkentda. Poytaxtda ushbu taomning bir porsiyasi 35,7 ming soʻmga tushadi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.