Toshkent hokimligi kredit pullarini oʻzlashtirgan xodim haqidagi maʼlumotni rad etib, Bosh prokuraturaga izoh berdi

O‘zbekiston

Poytaxt hokimligi Bosh prokuraturaning maʼmuriyat xodimi fuqarolarning kredit mablagʻlarini oʻzlashtirganligi haqidagi maʼlumotlarini rad etdi. Hokimlikning aniqlik kiritishicha, mazkur mansabdor tuman hokimliklari tuzilmasida ishlamaydi.

Foto: UzNews

Poytaxt hokimligi kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan Shayxontohur tumani hokimi yordamchisi oʻtgan yilning noyabr oyida oʻz xohishiga koʻra ishdan boʻshatilganini maʼlum qildi.

Mazkur mansabdor lavozimidan ozod etilgani haqidagi maʼlumot Shayxontohur tumani hokimligi Telegram kanalida ham joylashtirilgan.

“Ommaviy axborot vositalaridan axborotni eʼlon qilishda ishonchlilik, xolislik va masʼuliyat tamoyillariga amal qilishlarini yana bir bor soʻrab qolamiz”, — deya taʼkidladi poytaxt hokimligi.

Eslatib oʻtamiz, 3-fevral kuni Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmati Telegram-kanalida poytaxtning Shayxontohur tumanidagi mahallalardan birida hokim yordamchisi oʻzgalar nomiga kreditlarni noqonuniy rasmiylashtirib, 600 million soʻmdan ortiq mablagʻni oʻzlashtirib olgani haqida post eʼlon qilgan edi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.