Futbol boʻyicha amputantlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston terma jamoasi futbolchilari Osiyo chempionatida ishtirok etadi.
5-12-fevral kunlari Bangladesh poytaxti Dakka shahrida futbol boʻyicha amputantlar oʻrtasida Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi. Ushbu qitʼa turnirida Oʻzbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi.
Amputantlar oʻrtasidagi Oʻzbekiston futbol terma jamoasi xalqaro turnirlar va amputantlar oʻrtasidagi oʻyinlarda mamlakat sharafini himoya qiladigan jamoa hisoblanadi. Uning faoliyati Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi va Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan nazorat qilinadi. Jamoa Xalqaro Amputantlar Futbol Federatsiyasi (XAF) aʼzosi boʻlib, jahon chempionatida uchta gʻalaba qozongan dunyodagi eng kuchli jamoalardan biri hisoblanadi.