Yigʻimlar miqdorini qariyb 30 foizga oshirish rejalashtirilgan. Meva sotuvchilari uchun ijara haqi 22 foizga, sabzavot sotuvchilari uchun 21 foizga, baqqollik tovarlari sotuvchilari uchun 26 foizga oshadi.
Qurilish materiallari sotuvchilari uchun yigʻimlar 27 foizga, avtomobil sotuvchilari uchun 25 foizga, chorva mollari bozorida esa 25 foizga oshiriladi. Eng katta oʻsish bozorlar hududida poyabzal taʼmirlash xizmatlari uchun kutilmoqda - 29%.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda 2025-yil yanvar oyi yakunlari boʻyicha inflyatsiya tezlashdi. Yillik inflyatsiya 9,89 foizni tashkil etib, oʻtgan yilga nisbatan 1,31 foiz bandga oshdi.
Yanvar oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxi 0,8 foizga oshdi. Sabzavotlar (+6%), yogʻ-moy va baliq mahsulotlari, shuningdek, yongʻoqlar (1% dan ortiq) sezilarli darajada qimmatlashdi.