Sharifbek Hasanov Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi

O‘zbekiston

Hasanov Sharifbek Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi. Tegishli qaror prezident tomonidan imzolandi.

Xasanov Sharifbek Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi

Prezidentning tegishli qaroriga koʻra, Hasanov Sharifbek Shamsiddinovich Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi.

Sharifbek Hasanov 1990-yilda Buxoro viloyatida tugʻilgan. 2013-yilda Buyuk Britaniyaning Kardiff Metropolitan universitetini (bakalavr darajasi) va 2015-yilda Buyuk Britaniyaning Surrey universitetini (magistrlik darajasi) tamomlagan.

Tayinlovga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi, turli davlat organlarida ishlagan.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.