3-4-fevral kunlari DXX va IIV xodimlari butun mamlakatni qamrab olgan keng koʻlamli “Qoradori” operatsiyasining birinchi bosqichini oʻtkazdi. Uning maqsadi giyohvandlik vositalari va kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanishiga chek qoʻyish, shuningdek, jinoiy guruhlarga qarshi kurashishdir.
Ikki kun davomida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan 653 ta reyd oʻtkazilib, 112 kg dan ortiq giyohvandlik vositalari, jumladan, geroin, opiy, gashish va sintetik giyohvand moddalar, shuningdek, 8601 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari musodara qilingan. Noqonuniy savdodan tushgan pul mablagʻlari - 287 460 dollar va 569 mln soʻm ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirildi.
Tadbir yakunlari boʻyicha 222 ta jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, ular doirasida 228 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortildi, yana 64 nafar shaxsga nisbatan maʼmuriy jazo qoʻllanildi. Shuningdek, qidiruvda boʻlgan 47 nafar shaxs qoʻlga olingan. Shuningdek, 357 nafar fuqaro bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazilib, ularning 231 nafariga ogohlantirish berildi.
Bundan tashqari, tadbirlar davomida 175 ta pichoq, 58 ta bita, 24 ta kastet va 77 ta oʻqotar qurol musodara qilindi.