2024-yilda Oʻzbekiston xorijiy investitsiya va kreditlarni jalb qilishda sezilarli yutuqlarga erishdi, deya xabar bermoqda Statistika agentligi.
Asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy hajmi 333,8 trln soʻmni tashkil etdi. Ulardan 150,5 trln soʻmi toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar, 159,6 trln soʻmi boshqa xorijiy investitsiya va kreditlar hamda 23,6 trln soʻmi davlat tomonidan kafolatlangan xorijiy kreditlar hissasiga toʻgʻri keladi.
Bu koʻrsatkichlar mamlakatda investitsiya muhiti yaxshilangani, xorijiy kapital qoʻyilmalarini jalb etish boʻyicha chora-tadbirlar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini tasdiqlaydi.