Oʻzbekiston Qozogʻistonga 16 mlrd kub metr suv yuboradi: bu oʻtgan yilga nisbatan milliardga koʻp

O‘zbekiston

Qozogʻistonga Oʻzbekistondan 16 mlrd kub metr suv keladi. Muddat 2025-yil 1-oktyabrga belgilangan. 2023-yil oktyabridan 2024-yil oktyabrigacha davom etgan oʻtgan suv xoʻjaligi yilida Qozogʻistonga 15 milliard kub metr suv yuborilgan.

Foto: QR Suv xo‘jaligi vazirligi matbuot xizmati

Oʻzbekiston joriy yilning 1-oktyabriga qadar Qozogʻistonga 16 milliard kub metr suv yuborishni rejalashtirmoqda. Bu oʻtgan yilga nisbatan bir milliardga koʻp.

Ikki tomonlama suv hamkorligini chuqurlashtirish boʻyicha qoʻshma ishchi guruhning oʻn ikkinchi yigʻilishida shunday qaror qabul qilindi. Yigʻilishda Qozogʻiston suv resurslari va irrigatsiya vaziri Nurjan Nurjigitov va Oʻzbekiston suv xoʻjaligi vaziri Shavkat Hamroyev ishtirok etdi.

2023-yil oktyabridan 2024-yil oktyabrigacha davom etgan oʻtgan suv xoʻjaligi yilida Qozogʻistonga 15 milliard kub metr suv yuborilgan. Joriy yilda bu hajm bir milliard kub metrga oshishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, Oʻzbekiston 2025-yil sugʻorish mavsumida “Doʻstlik” kanali orqali barqaror suv taʼminotini taʼminlashga yordam beradi.

Shuningdek, vazirlar davlatlararo kanallarda birgalikda taʼmirlash ishlarini olib borishga kelishib oldilar. Bu Qozogʻistonning Turkiston viloyati va Oʻzbekistonning Jizzax viloyati fermerlarini suv bilan taʼminlashni yaxshilaydi.

Muhokama qilingan yana bir mavzu Sirdaryo daryosida suv hisobini avtomatlashtirish boʻldi. Avvalroq tegishli tizimlar oʻrnatiladigan mamlakatlarning har birida beshtadan 10 ta nuqta aniqlangan edi. Hozirgi vaqtda loyihaning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish uchun texnik topshiriq kelishib olindi. Fevral oyida qoʻshma ishchi guruhning xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvi boʻlib oʻtadi, unda kelgusidagi hamkorlikdagi harakatlar muhokama qilinadi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.