Andijon viloyatida qiymati 300 million dollar boʻlgan yirik toʻqimachilik klasteri qurilmoqda, deya xabar berdi viloyat hokimligi.
Ishlab chiqarish zonasi Paxtaobod tumanidagi “Hayotbaxsh” mahallasida 55 gektar maydonda joylashadi. Qurilishning birinchi bosqichi ikki oy ichida yakunlanishi kutilmoqda. Loyiha Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi nazorati ostida.
Klaster hududidagi korxonalar sanoat ipotekasi dasturi doirasida tadbirkorlarga beriladi.