AQSHda buyrak saratonining tajovuzkor shakliga qarshi zamonaviy shaxsiylashtirilgan vaksinani qoʻllashga asoslangan yangi usul ishlab chiqildi va taqdim etildi. Dana-Farbor saraton instituti olimlarining ishlanmalari natijalari haqida Nature jurnali yozmoqda.
Institut mutaxassislari tajribada ishtirok etish uchun toʻqqiz nafar bemorni taklif qildi. Ularning barchasi kechki bosqichlarda och hujayrali buyrak-hujayrali saraton bilan ogʻrigan. Eksperiment ishtirokchilariga ilgari neoplazmani olib tashlash boʻyicha operatsiyalar oʻtkazilgan. Olimlar bemorlarning salomatlik holatini deyarli uch yil davomida kuzatib borishgan va bu vaqt ichida ularning hech birida onkologik kasallikning qaytalanish belgilari aniqlanmagan.
Vaksina har bir muayyan bemorning saraton hujayralariga xos boʻlgan maxsus mutatsiyalarni ifodalovchi neoantigenlardan foydalanishga asoslangan. Yaʼni preparat shaxsiylashtirilgan boʻlib, faqat organizmning individual xususiyatlariga asoslanadi.
Axborot texnologiyalari yordamida mutaxassislar taʼsir koʻrsatish uchun eng samarali nishonlarni aniqlaydilar, soʻngra immunitet tizimiga saraton hujayralarining rivojlanishi bilan bogʻliq patologik jarayonlarni yengishga yordam beradilar.