Toshkentda 39 yoshli turmush oʻrtogʻiga pichoq bilan hujum qilgan 47 yoshli erkak qoʻlga olindi, deb xabar berdi Millar dasturi.
Hodisa 1-fevral kuni Yangihayot tumanida sodir boʻlgan. Janjal vaqtida erkak ayoliga 20-marta pichoq urib, tan jarohati yetkazgan.
Jabrlanuvchining soʻzlariga koʻra, hujumga erining ikki farzandi bilan yashagan uyini giyohvand moddalar uchun sotishni talab qilgani sabab boʻlgan.
Ayni paytda ayol poytaxtdagi shifoxonalardan birida davolanmoqda.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam oʻldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan, tergov olib borilmoqda.