Ijtimoiy tarmoqlarda Veolia Energy Tashkent kompaniyasi koʻp qavatli uylarda yashovchi ayrim fuqarolarning qarzdorligi sababli issiq suv va issiqlik taʼminotini oʻchirib qoʻyishi, qarzdorlikni uch kun ichida toʻlashni talab qilayotgani haqida xabarlar tarqaldi.
Biroq kompaniya matbuot xizmati bu maʼlumotlarni rad etib, qoʻshnilarning qarzlari tufayli kommunal xizmatlarning oʻchirilishi haqiqatga toʻgʻri kelmasligini maʼlum qildi.
Veolia Energy Tashkent fuqarolarni faqat rasmiy axborot manbalariga ishonishga va tekshirilmagan maʼlumotlarni tarqatmaslikka chaqirdi.
![](/_next/image?url=https://vzglyad.uz/uploads/2025/02/06/2cf50e43-34e2-408c-9622-96ec4b78b070.jpg&w=768&q=100)