Ijtimoiy tarmoqlarda Gentra haydovchisi janjal paytida bir guruh odamlarni urib yubormoqchi boʻlgani aks etgan video tarqaldi.
Videoda ikki kishi haydashga uringanidan soʻng old oynaga tosh otib, uni teshganini koʻrish mumkin.
Poytaxt IIBB YHXB xabariga koʻra, voqea taxminan soat 3:20 da Taxtapul koʻchasida sodir boʻlgan.
“Hodisaning barcha ishtirokchilari ichki ishlar boʻlimiga, mashina esa jarima maydonchasiga yetkazildi”, — deyiladi xabarda.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.