Kutilayotgan yogʻingarchilik va havo haroratining oʻzgarishi sababli 8-12-fevral kunlari respublikaning quyidagi togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi eʼlon qilinadi:

  • Toshkent viloyatining Ohangaron, Boʻstonliq va Parkent tumanlarida (Chotqol togʻ tizmasi);

  • Namangan viloyati Pop tumanida.

Togʻoldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar va togʻli hududlarga chiquvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini koʻrish soʻraldi.