Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yaqin yillarda jahon reytingida birinchi mingtalikka kiruvchi Oʻzbekiston OTMlari sonini 2 tadan 10 taga yetkazish boʻyicha topshiriq berdi.
Matbuot xizmati maʼlumotlariga koʻra, soʻnggi sakkiz yil ichida mamlakatda 125 ta yangi taʼlim muassasasi, jumladan, 23 ta xorijiy filial ochilgan. Biroq, 2023-yilda oliy taʼlim eksportidan tushgan daromad atigi 26 million dollarni tashkil etdi, bu potensial imkoniyatlardan ancha past.
Bundan tashqari, Mirziyoyev 15 ta madaniyat markazi biznesga oʻtkazilganini, ularga investorlar 86 milliard soʻm sarmoya kiritganini va 1,5 mingdan ortiq tadbirlar tashkil etilganini taʼkidladi. Shu bilan birga, Madaniyat vazirligi balansida 120 ta foydalanilmayotgan markazlar qolmoqda. Prezident xalqaro tajribani inobatga olib, ularni tadbirkorlarga berish boʻyicha topshiriq berdi.