6-fevral kuni boʻlib oʻtgan Uzum Bank kuzatuv kengashi yigʻilishida Xe Svetlana Zexenovna bank boshqaruvi raisi etib tayinlandi.
Uzum Bank allaqachon Aleksandr Filippovichni affillangan shaxslar roʻyxatidan chiqarib tashlagan va unga Svetlana Xeni boshqaruv raisi lavozimiga qoʻshgan.
Tomonlarning kelishuviga koʻra, Aleksandr Filippovich regulyator bilan Xe Svetlana nomzodi kelishilgunga va u bilan bank bilan belgilangan tartibda mehnat shartnomasi tuzilgunga qadar Uzum Bank raisi vakolatlarini amalga oshiradi. Markaziy bank tomonidan Svetlana Xe nomzodini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha kuzatuv kengashi yigʻilishi oʻtkaziladi.
Svetlana Xe bank sohasida 20 yillik tajribaga ega boʻlib, korporativ boshqaruv, mijozlar va biznes uchun xizmatlar va mahsulotlarni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratadi. Bungacha u “Yangi bank” boshqaruvi raisi, shuningdek, “Octobank” va “Kapitalbank”da rahbarlik lavozimlarida ishlagan.
Oʻz navbatida, Aleksandr Filippovich operatsion direktor lavozimiga oʻtadi va Uzum Fintech birlashgan yoʻnalishining mahsulot va xizmatlarini rivojlantiradi. Uning vazifasi Uzum Fintechʼda kross-funksional biznes-jarayonlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish hamda mahalliy va global hamkorlar bilan hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.