Toshkent, Yangiyoʻl va Chinozni zamonaviy elektropoyezd bogʻlaydi

O‘zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Toshkentni Yangiyoʻl va Chinoz bilan bogʻlaydigan temiryoʻl infratuzilmasini yaratish boʻyicha ishlarni jadallashtirish haqida gapirdi. Yoʻlboʻyi obyektlari qurayotgan tadbirkorlarga avtomobil yoʻllari boʻyida boʻsh yer maydonlari ajratiladi.

Foto: Farzona Hamidova / «Газета.uz»

Davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrini Yangiyoʻl, Chinoz va Sirdaryo tumanlari bilan bogʻlaydigan zamonaviy temir yoʻl infratuzilmasini yaratish ishlarini jadallashtirish zarurligiga eʼtibor qaratdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Yigʻilishda ayni paytda temir yoʻl xizmatlari eksportining qariyb yarmi tranzit tashishlarga toʻgʻri kelayotgani taʼkidlandi. 2030-yilga borib yuk tashish hajmini 22 million tonnaga yetkazish rejalashtirilgan.

Yoʻl boʻyi obyektlari qurayotgan tadbirkorlarga avtomobil yoʻllari boʻyida boʻsh yer maydonlari ajratiladi.

Shuningdek, yirik multimodal logistika markazlari sonini ikki barobar oshirish boʻyicha uch yillik dastur tasdiqlandi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.