Oʻzbekistonning taniqli sanʼat arbobi Husan Musaboyev 72 yoshida vafot etdi, deb xabar qildi respublika Madaniyat vazirligi.

Husan Musaboyev Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, teatr va kinodagi hajviy rollari bilan tanilgan.

1976-yilda Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatib, 1971-yilda Oʻzbekiston teleradiokompaniyasida rejissyor yordamchisi sifatida ish boshlagan.

Musaboyev 1976-1986-yillarda “Yosh gvardiya” teatri aktyori, 1986-1998-yillarda Oʻzbek davlat satira teatri aktyori va truppasi rahbari boʻlgan.

1998-2007-yillarda “Televizion miniatyuralar teatri”da ishlagan, “Oʻzbekiston” telekanalida oliy toifali rejissyor boʻlgan.

Uning mashhur filmlari: “Ajoyib xayolparast”, “Bozor koʻrmagan yigit”, “Ana xolos!”, “Jiblajibon”, “Super xizmatkor” va boshqalar.