Oʻzbekistonning Islandiyadagi birinchi elchisi maʼlum boʻldi

O‘zbekiston

Ravshan Usmonov Oʻzbekistonning Islandiyadagi birinchi elchisi boʻldi. U Islandiya prezidenti Xalle Tomasdottirga ishonch yorliqlarini topshirdi.

Foto: “Dunyo” AA

Ravshan Usmonov Oʻzbekistonning Islandiyadagi birinchi elchisi boʻldi, uning qarorgohi Londonda joylashgan. U Islandiya prezidenti Xalle Tomasdottirga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Rasmiy marosimda Islandiya rahbari Oʻzbekistonning mamlakatdagi birinchi elchisi tayinlangani Oʻzbekiston prezidenti tomonidan soʻnggi yillarda olib borilayotgan ochiq va pragmatik tashqi siyosat natijasi ekanini taʼkidladi.

Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, savdo, iqtisodiyot, madaniyat va turizm sohalaridagi aloqalarni faollashtirish istiqbollari muhokama qilindi.

Islandiya yetakchisi energetika, yuqori texnologiyalar va raqamlashtirish, baliqchilik, turizm va atrof-muhitni muhofaza qilish sohalaridagi hamkorlik ikki mamlakat uchun ham manfaatli boʻlishini taʼkidladi.

Oʻzbekiston va Islandiya oʻrtasida diplomatik munosabatlar 1997-yil 25-sentyabrda oʻrnatilgan.

Eslatib oʻtamiz, Usmonov 2024-yil 16-may kuni ham Oʻzbekistonning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiyadagi elchisi sifatida qirol Charlz III ga ishonch yorliqlarini topshirgan edi.

Mavzuga oid materiallar

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.