TIVda mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Turkiya Respublikasi elchisi Olgan Bekar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston TIV rahbari bilan uchrashuvda ikki davlat rahbarlari oʻrtasidagi mustahkam qardoshlik aloqalari barcha sohalarda yaqin hamkorlik uchun mustahkam zamin yaratishda davom etayotgani taʼkidlandi.
Oʻzbekiston elchiga ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga qoʻshgan salmoqli hissasi uchun samimiy minnatdorlik bildirib, kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.