Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yil 1-yanvar holatiga respublikamizda jami 479 948 ta masʼuliyati cheklangan jamiyat (MCHJ) roʻyxatdan oʻtgan. Bu korxonalar orasida eng koʻp tarqalgan tashkiliy-huquqiy shakldir.
Soʻnggi besh yildagi dinamika tahlili MCHJlar sonining barqaror oʻsishini koʻrsatmoqda. Shunday qilib, 2021-yil boshida 287 377 ta kompaniya roʻyxatdan oʻtgan boʻlsa, 2022-yilga kelib ularning soni 332 273 taga yetdi. 2023-yilda ularning soni 386 095 tani, 2024-yilda esa 440 511 tani tashkil etgan.
MCHJlar sonining oʻsishi mamlakatda tadbirkorlikning faol rivojlanayotgani va biznes yuritish uchun qulay sharoitlar mavjudligidan dalolat beradi.