Joriy haftaning birinchi yarmida Oʻzbekiston hududi nam va nisbatan sovuq havo massasi taʼsirida boʻladi, deya xabar berdi Oʻzgidromet. Respublika boʻyicha vaqti-vaqti bilan asosan qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi.

13-fevralda markaziy va sharqiy viloyatlarning ayrim joylarida, choʻl hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Qolgan hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi.

14-fevralda koʻpchilik viloyatlarda yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat chekka janubda baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin, togʻ oldi va togʻli hududlarda yomgʻir va qor yogʻadi.

Havo harorati 10−11-fevralda kunduzi 0…+5 daraja, kechasi 0…-5 daraja, shimolda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda −6…−8 darajagacha boʻladi.

12-fevraldan haroratning asta-sekin koʻtarilishi boshlanadi va 13−14-fevralga kelib havo kunduzi +8…+11, janubda +12…+14 darajagacha isiydi.

Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7−12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Toshkentda dushanba kuni kechqurun biroz qor yogʻishi mumkin. 11−12-fevralda vaqti-vaqti bilan asosan qor koʻrinishidagi yogʻingarchilik, 13-fevralda yomgʻir koʻrinishidagi yogʻingarchilik boʻladi. 14-fevral kuni yogʻingarchilik kutilmaydi.

Havo harorati kechasi −3…+2, kunduzi 10−11-fevralda 0…+5, 12−14-fevralda +8…+10 gacha asta-sekin koʻtariladi.

Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi.