OIV infeksiyasiga chalingan oʻzbekistonlik ayolga kasallikni tarqatgani uchun jinoiy ayblov eʼlon qilindi.
Oʻzbekistonda DXX va IIV xodimlarining “Oriyat” va “Qoradori” qoʻshma keng koʻlamli tezkor-profilaktik reydlari davom etmoqda. Ularda fuqarolar salomatligi uchun masʼul boʻlgan sogʻliqni saqlash mutaxassislari ham ishtirok etadi.
OIV (SPID) va boshqa jinsiy yoʻl bilan yuqadigan kasalliklarni tarqatish bilan bogʻliq jinoyatlarni aniqlash maqsadida huquq-tartibot idoralari xodimlari 8 va 9-fevral kunlari Oʻzbekistondagi saunalar, spa va massaj salonlari, karaoke-barlar, mehmonxonalar, xostellar va tungi klublarda besh yuzdan ortiq reyd oʻtkazdi.
Shu bilan birga, mingga yaqin shaxs tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, tegishli xulosalar olindi.
Bundan tashqari, aholi salomatligiga xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazildi. Bundaylar qariyb 2,5 ming kishini tashkil etdi.
Operatsiyalardan birida OITSning oldini olish va unga qarshi kurashish markazida roʻyxatda turuvchi 20 yoshli ayol qoʻlga olindi. Qiz oʻz kasalligini bilgani va uni tarqatgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirilgan boʻlsada, besh nafar fuqaro bilan jinsiy aloqada boʻlgan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 113-moddasi (“Tanosil kasalligi yoki OIV infeksiyasi/OITSni tarqatish”) boʻyicha ayblov eʼlon qilingan.