Milliy gvardiya xodimlari endilikda voyaga yetmaganlarning ota-onalarini ularning farzandlari tomonidan yoʻl qoʻyilgan huquqbuzarliklar uchun mustaqil ravishda jarimaga tortishlari mumkin boʻladi, deb yozadi Norma.

Qonunga koʻra, endilikda bolalar bilan ishlash boshqarmalari boshliqlari, katta ofitserlar, inspektor-psixologlar va boshqa vakolatli xodimlar Milliy gvardiya organlari nomidan ishlarni koʻrib chiqishlari va maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashlari mumkin.

Milliy gvardiyaning yangi vakolatlari oʻsmirlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish va ota-onalarning masʼuliyatini oshirishga qaratilgan.

Qonun 7-fevraldan kuchga kirdi.