Qozogʻistonning Qoʻstanay viloyatida FVV xodimlari mikroavtobus buzilishi oqibatida qiyin ahvolga tushib qolgan Oʻzbekiston va Tojikistonning 24 nafar fuqarosiga yordam koʻrsatdi, deb xabar bermoqda Qozogʻiston FVV matbuot xizmati.
11-fevral kuni erta tongda Qamishli tumani Adayevka qishlogʻidan 30 kilometr uzoqlikda nosozlik tufayli yoʻlovchilari boʻlgan mikroavtobus harakatlanishni davom ettira olmasligi haqida xabar kelib tushgan. Yoʻlovchilar orasida toʻrt nafar bola ham boʻlgan.
Qutqaruvchilar barcha jabrlanganlarni zudlik bilan isinish punktiga olib borgan va ularga zarur yordam koʻrsatilgan. Tibbiy yordamga esa ularning hech biri muhtoj emasdi.
Buzilgan avtobusni yaqin atrofdagi aholi punktiga tortib ketishdi.