Oʻzbekiston va UNFPA 2026–2030-yillarga moʻljallangan yangi ijtimoiy himoya dasturini muhokama qildi

O‘zbekiston

Ijtimoiy himoya milliy agentligida UNFPA vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda 2026–2030-yillarga moʻljallangan Mamlakat dasturi loyihasi koʻrib chiqildi va hamkorlikning asosiy yoʻnalishlari belgilandi. Ustuvor vazifalar qatoriga zaif guruhlar himoyasini kuchaytirish, ijtimoiy xizmatlarni kengaytirish va keng koʻlamli tadqiqotlar oʻtkazish kiradi.

Foto: Ijtimoiy himoya milliy agentligi

Ijtimoiy himoya milliy agentligida UNFPAning Oʻzbekistondagi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Unda hamkorlik istiqbollari va UNFPAning 2026-2030-yillarga moʻljallangan mamlakat dasturi loyihasi muhokama qilindi.

Tomonlar ijtimoiy himoyani kuchaytirish va aholining zaif qatlamlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan asosiy tashabbuslarni batafsil koʻrib chiqdilar. Soʻnggi yillarda UNFPA bilan hamkorlik reproduktiv salomatlik sohasida muhim oʻzgarishlarni joriy etish, “Inson” markazlari mutaxassislarining malakasini oshirish va zoʻravonlik qurbonlariga yordam koʻrsatish boʻyicha milliy standartlarni ishlab chiqishga koʻmaklashdi.

Uchrashuvda kelgusi yillarga moʻljallangan ustuvor yoʻnalishlar belgilandi. Bularga aholining zaif qatlamlarini himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish, ijtimoiy xizmatlarni kengaytirish va keng koʻlamli tadqiqotlar oʻtkazish kiradi.

Muhokama yakunida ishtirokchilar ijtimoiy himoya va gender tenglik sohasida yangi tashabbuslarni amalga oshirish uchun hamkorlikni davom ettirishga tayyorliklarini tasdiqladi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.