Tailandning Pxitsanulok shahrida velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha kattalar va oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilayotgan Osiyo chempionatida Oʻzbekiston vakillari 4 ta medal – 3 ta oltin va 1 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Oltin:

  • Aralash estafeta (U18);

  • Samira Ismoilova (U18, individual vaqt poygasi);

  • Yanina Kuskova (kattalar oʻrtasida, individual vaqt poygasi).

Bronza:

  • Asal Rizayeva (U23, individual vaqt poygasi).