Chorshanba kuni boʻlib oʻtgan navbatdagi yigʻilishda Armaniston parlamenti mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qoʻshilish jarayoniga oid qonun loyihasini birinchi oʻqishda qabul qildi. Hujjat uchun 63 nafar deputat ovoz berdi, yetti nafari qarshi chiqdi. Bu haqda Interfaks xabar bermoqda.
Tashabbusni faqat hukmron “Fuqarolik shartnomasi” fraksiyasi qoʻllab-quvvatladi, muxolifatdagi “Armaniston” fraksiyasi ovoz berishda ishtirok etishdan bosh tortdi, “Or-nomusim bor” esa qarshi chiqdi.
Qonun loyihasi 9-yanvar kuni Armaniston hukumati tomonidan maʼqullangan. Bosh vazir Nikol Pashinyan YEIga qoʻshilish boʻyicha yakuniy qaror referendumda qabul qilinishi kerakligini taʼkidladi. Uning soʻzlariga koʻra, YOII bilan qulay hamkorlikka qaramay, aholining katta qismi Yevropa Ittifoqi bilan integratsiyani qoʻllab-quvvatlaydi.
Eslatib oʻtamiz, 2024-yil iyun oyida Armaniston Milliy majlisi raisi Alen Simonyan Latviyaga tashrifi chogʻida yaqin kelajakda Armanistonda mamlakatning Yevropa Ittifoqiga qoʻshilish imkoniyati boʻyicha referendum oʻtkazilishi mumkinligini aytgandi.