Bir yilda 30 mingga yaqin haydovchi mast holda avtomobil boshqargani uchun javobgarlikka tortildi

O‘zbekiston

2024-yilda Oʻzbekistonda 31 mingdan ortiq haydovchi mast holda transport vositasini boshqargani va tibbiy koʻrikdan oʻtishdan bosh tortgani uchun javobgarlikka tortilgan.

Oʻzbekistonda 2024-yilda mast holda transport vositasini boshqarish va mastlik holatini aniqlash uchun tibbiy koʻrikdan oʻtishdan boʻyin tovlagan 33 ming nafar fuqaro maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Shundan 31 351 nafar shaxsga nisbatan jarima, transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish va maʼmuriy qamoq tarzidagi maʼmuriy jazo choralari qoʻllanilgan.

2023-yilda jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki jiddiy moddiy zarar yetkazilishiga sabab boʻlgan yoʻl harakati qoidalarini buzish holatlari boʻyicha 40 119 nafar shaxsga nisbatan 39 270 ta ish koʻrib chiqilgan.

26 063 nafar shaxsga nisbatan jarima va transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilish tarzidagi maʼmuriy jazo choralari qoʻllanilgan.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.