Bangladeshning Dakka shahrida futbol boʻyicha amputantlar oʻrtasida Osiyo chempionati yakunlandi.
Unda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston terma jamoasi guruh bosqichidan muvaffaqiyatli oʻtib, 4 ta oʻyinning barchasida gʻalaba qozondi va 12-fevral kuni finalda Indoneziya terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi.
Oʻzbekistonlik para sportchilar raqibini 6:0 hisobida magʻlubiyatga uchratib, turnir gʻolibiga aylandi. Qayd etish joiz, soʻnggi oʻyinda jamoa sardori Abdujamil Shukurov xet-trik qayd etgan boʻlsa, Aziz Abdurahmonov dublga erishdi.