Ispaniyaning Chaise Longue startapi samolyotlar uchun ikki qavatli oʻrindiqlar gʻoyasini taklif qildi va endi Yevropaning aerokosmik kompaniyalaridan biri ularni amalga oshirish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Kreslolarning yuqori qatori yoʻlovchilarga orqaga koʻproq suyanish imkonini beradi, pastki qator esa oyoqlar uchun koʻproq joyni taʼminlaydi.
Loyiha bosh dizayneri Nunes Visentening tushuntirishicha, yangilikdan maqsad — havo yoʻllari va yoʻlovchilar manfaati yoʻlida salondagi boʻshliqdan samarali foydalanishdir. Biroq bu konsepsiyani samolyotlarning qaysi modellarida amalga oshirish mumkinligi hozircha nomaʼlum. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, bunday oʻrindiqlarni oʻrnatish uchun bagaj javonlari olib tashlanishi mumkin, oʻrindiqlarning oʻzi esa oʻrta qatorga joylashtiriladi, bu esa ularni tor fyuzelyajli va keng fyuzelyajli laynerlarda ishlatish imkonini beradi.
Gʻoya jamoatchilik tomonidan turlicha qabul qilingan: baʼzilar ehtimoliy noqulayliklar haqida hazillashsa, boshqalari torlikdan qoʻrqishadi. Tanqidlarga qaramay, Airbus bilan hamkorlik loyihani amalga oshirish uchun haqiqiy imkoniyatlarni beradi.