2025-yil oxirigacha Toshkentda 450 dan ortiq eskirgan liftlar almashtiriladi

O‘zbekiston

Toshkent hokimi xizmat muddati tugagan 452 ta liftni almashtirish toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi. Ishlarni joriy yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan.

Toshkent shahar hokimi joriy yil davomida 452 ta foydalanish muddati oʻtgan liftlarni yangilash toʻgʻrisidagi qarorni imzoladi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, yangilangan liftlar “Texnopark” bazasida OSTEN brendi tomonidan ishlab chiqariladi. Toshkent shahridagi koʻp qavatli uylarda 9101 ta liftdan foydalanilmoqda, shundan 2042 tasi xizmat muddati tugaganligi sababli almashtirishga muhtoj.

2025-yil oxiriga qadar ushbu eski liftlarning 452 tasini almashtirish rejalashtirilgan boʻlib, bu ularning umumiy sonining 22,1 foizini tashkil etadi. Yangi liftlar zamonaviy xavfsizlik va energiya samaradorligi talablariga javob beradi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.