Rossiya Federatsiyasi, Amerika Qoʻshma Shtatlari va Ukraina vakillari 14-fevral kuni boʻlib oʻtadigan Myunxen xavfsizlik konferensiyasi doirasida uchrashuv oʻtkazadi.
“Ertaga ularning Myunxenda uchrashuvi boʻladi. Rossiya u yerda bizning odamlar bilan birga boʻladi. Darvoqe, Ukraina ham taklif qilingan. U yerda qaysi davlatlardan kimlar boʻlishini aniq bilmayman. Ammo yuqori darajadagi amaldorlar Rossiya, Ukraina va AQSHdan”, — dedi u Oq uyning Oval kabinetida jurnalistlarning savollariga javob berar ekan.
Amerika yetakchisi tadbirda aynan qaysi davlat vakillari ishtirok etishiga aniqlik kiritmagan. Biroq unda Rossiya, Ukraina va AQSHning yuqori martabali amaldorlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, Tramp Saudiya Arabistonida Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashishga umid bildirgan, biroq yaqin orada u rejalashtirilmagan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp 12-fevral kuni Rossiya hukmdori Vladimir Putin va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan ikki tomonlama telefon orqali muloqot qilgandi.