Toshkentda bolalar otolaringologlarida bemorlar soni koʻpaymoqda. Ertalabdan beri oʻnga yaqin bola burun yuvish muolajasini kutmoqda, deb xabar berdi bloger Nikita Makarenko.
“Tadqiqotchilardan biri 2023-2025-yillarda nafas yoʻllari kasalliklari statistikasini ekologik vaziyatning yomonlashuvi bilan bogʻlay olsa, juda qiziq boʻladi”, — deb yozdi u oʻzining Telegram kanalida.

Makarenko, shuningdek, aholi salomatligiga yetkazilgan iqtisodiy zararni hisoblashni taklif qildi.
Shu bilan birga, Ekologiya vazirligi avvalroq Toshkentning toʻqqizta nuqtasida havo tahlili RM2.5 va RM10 ifloslantiruvchi moddalarning ruxsat etilgan meʼyorlaridan oshganligini aniqlamaganini maʼlum qilgan edi.
Ifloslangan havoning shaharliklar salomatligiga taʼsiri masalasi hali ham munozaralarga sabab boʻlmoqda.