Bojxona qoʻmitasi rahbari Yengil atletika federatsiyasiga rais etib saylandi

O‘zbekiston

Bojxona qoʻmitasi boshligʻi Akmalxoʻja Mavlonov Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi rahbari etib tayinlandi.

Bojxona qoʻmitasi rahbari Akmalxoʻja Mavlonov Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi raisi etib saylandi. Bu haqda qoʻmita axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Milliy olimpiya qoʻmitasida boʻlib oʻtgan yigʻilishda yengil atletikani ommalashtirish va mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish istiqbollari muhokama qilingan.

Navbatdan tashqari saylov konferensiyasida federatsiya raisining oʻrinbosarlari va bosh kotibi saylandi, tashkilotning yangi nizomi qabul qilindi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.