Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kuvayt amiri Shayx Mishʼal as-Sabohning taklifiga binoan 17-fevral kuni rasmiy tashrif bilan Kuvaytga joʻnab ketdi.
Tashrif dasturiga muvofiq, Al-Quvaytda oliy darajadagi muzokaralar, qator ishbilarmonlik va madaniy tadbirlar boʻlib oʻtadi.
Boʻlajak sammit kun tartibidan Oʻzbekiston-Quvayt doʻstlik va koʻp qirrali sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash, savdo, innovatsiyalar, investitsiya va moliya, “yashil” energetika, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xoʻjaligi, transport va logistika, infratuzilma, shaharsozlik, sogʻliqni saqlash va boshqa ustuvor yoʻnalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalari oʻrin olgan.
Muzokaralar yakunida qator qoʻshma hujjatlar va bitimlar qabul qilinishi kutilmoqda.