Iqtisodiyot vazirligi ish haqi va pensiyalar oshirilishi haqidagi xabarlarni rad etdi

O‘zbekiston

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekistonda 1-martdan ish haqi, pensiya va nafaqalar oshirilishi haqida xabarlar tarqaldi. Iqtisodiyot vazirligi ushbu maʼlumotlar haqiqatga toʻgʻri kelmasligini maʼlum qildi.

Oʻzbekistonda 1-martdan ish haqi, pensiya va nafaqalar oshirilishi haqidagi maʼlumotlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi, deya xabar qildi mamlakat Iqtisodiyot va moliya vazirligi.

“Ijtimoiy tarmoqlarda 2025-yil 1-martdan va 2025-yil 1-avgustdan ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdori 10 foizga oshirilishi haqida tarqatilayotgan xabarlar haqiqatga toʻgʻri kelmaydi”, — deyiladi vazirlik bayonotida.

Vazirlik ish haqi va pensiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar davlat organlarining rasmiy manbalarida eʼlon qilinishini eslatdi.

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlar va Telegram kanallar Oʻzbekistonda nafaqalar, pensiyalar va ish haqlari oshirilishi rejalashtirilayotgani haqida maʼlumot tarqatgandi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.