“Ukrainada afgʻon ssenariysi boʻlishi mumkin” — Zelenskiy

Dunyo

Ukraina prezidenti agar urushni tugatish boʻyicha oʻylanmagan qaror boʻlsa, uning mamlakatida afgʻon ssenariysi boʻlishi mumkinligini aytdi. Zelenskiyning aniqlik kiritishicha, Ukraina oʻz hududining bir qismidan butunlay voz kechishga tayyor emas.

Foto: Vladimir Zelenskiy Telegram kanali

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy agar urushni tugatish boʻyicha oʻylanmagan qaror qabul qilinsa, uning mamlakatida afgʻon ssenariysi boʻlishi mumkinligini aytdi.

Prezident oʻt ochishni toʻxtatish muvaffaqiyat emasligini qoʻshimcha qildi.

“AQSH bugun Putinga juda yoqadigan gaplarni aytmoqda. Ular bir-birlari bilan uchrashish va tezda muvaffaqiyatga erishish uchun unga yoqishni xohlashadi”, — dedi u.

Zelenskiyning aniqlik kiritishicha, Ukraina oʻz hududining bir qismidan butunlay voz kechishga tayyor emas.

Shuningdek, uning fikricha, u bilan muzokaralar “oson emas”, shuning uchun “Rossiya mendan qutulmoqchi ekani aniq”.

Bundan tashqari, Ukraina prezidentining taʼkidlashicha, Ukrainaning YEI va NATOga kirishi Rossiya qoʻshinlarining olib chiqib ketilishiga va xavfsizlik kafolatlariga ega boʻlishiga olib kelishi mumkin.

Ayni paytda Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda Rossiya-AQSH muzokaralari boʻlib oʻtmoqda. Tomonlar allaqachon birinchi sessiyani yakunlab, ishchi tushlikka oʻtishdi.

Polymarket maʼlumotlariga koʻra, bukmekerlar Putin va Trampning AQSH prezidenti lavozimidagi dastlabki 100 kun ichida uchrashish imkoniyatini 77 foizga baholamoqda.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.