HAMAS garovga olingan barcha isroilliklarni ozod qilishga tayyorligini bildirdi

O‘zbekiston

Falastinning HAMAS harakati oʻt ochishni toʻxtatish kelishuvining ikkinchi bosqichida garovda qolgan barcha isroilliklarni ozod qilishga tayyor.

Falastinning HAMAS radikal harakati garovga olingan barcha isroilliklarni bir vaqtning oʻzida almashtirishga tayyorligini maʼlum qildi. Bu haqda Qatarning Al Jazeera telekanali yozmoqda.

Jurnalistlarning soʻzlariga koʻra, bir martalik almashinuv kelishuvning ikkinchi bosqichida amalga oshirilishi mumkin, biroq agar doimiy oʻt ochishni toʻxtatish va Isroil qoʻshinlarini Gʻazo sektoridan toʻliq olib chiqish boʻyicha kelishuvlarga erishilsa.

Bir kun avval HAMAS 22-fevral, shanba kuni yana olti nafar tirik garovga olinganlarni ozod qilishini maʼlum qilgan edi.

2025-yil 19-yanvarda Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish rejimi kuchga kirdi. 42 kun davom etadigan sulhning birinchi bosqichi doirasida HAMAS 33 nafar isroillik garovga olinganlarni, jumladan, barcha ayollar va bolalarni ozod qilishi kutilmoqda. Isroil bunga javoban ozod qilingan har bir fuqaro uchun 30 nafar, har bir harbiy xizmatchi uchun 50 nafar falastinlik mahbusni ozod qiladi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.