Mudofaa sanoati agentligi Abu-Dabida boʻlib oʻtgan IDEX-2025 xalqaro mudofaa texnologiyalari koʻrgazmasida Oʻzbekiston nomidan ishtirok etdi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.
Har ikki yilda bir marta oʻtkaziladigan tadbirda Oʻzbekiston mudofaa sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqilgan harbiy texnikalar, dronlar va radioelektron kurash tizimlari, ikki maqsadli mahsulotlar namoyish etilmoqda.
Oʻzbekiston pavilonlarida gʻildirak formulasi 8×8 va 6×6 boʻlgan “Arslon” zirhli mashinalari, shuningdek, yuk mashinasi shassisiga oʻrnatilgan “Toʻfon” oʻziyurar gaubitsasi namoyish etilmoqda.
Koʻrgazma doirasida muzokaralar oʻtkazilib, harbiy sheriklik, innovatsiyalar va kiberxavfsizlik sohalarida hamkorlik toʻgʻrisida bitimlar imzolanishi kutilmoqda.

