Orano Namibiya, Kanada va Oʻzbekistonda uran loyihalarini qayta tiklaydi

O‘zbekiston

Uran narxining oshishi va bozordagi vaziyatning yaxshilanishi Fransiyaning Orano atom kompaniyasiga konchilik faoliyatini faollashtirish imkonini beradi. Kompaniya 2012-yildan beri muzlatilgan Namibiya loyihasiga qaytishni, shuningdek, Kanada va Oʻzbekistonda konlarni qidirishni davom ettirishni rejalashtirmoqda.

Fransiyaning Orano davlat atom kompaniyasi uran narxining oshishi fonida turli mamlakatlarda uran qazib olish loyihalarini qayta tiklashni rejalashtirmoqda. Kompaniya bosh direktori Nikolya Maening Bloombergʻga bergan intervyusida maʼlum qilishicha, bozordagi vaziyatning yaxshilanishi va geosiyosiy keskinlikning pasayishi faoliyatni faollashtirishga yordam beradi.

Orano 2012-yilda toʻxtatilgan Namibiyadagi uran loyihasiga qaytish, shuningdek, Kanada va Oʻzbekistonda geologik qidiruv ishlarini davom ettirish niyatida.

2022-yilda kompaniya “Navoiyuran” va Oʻzbekiston Davlat ekologiya qoʻmitasi bilan mamlakatda uran qidirish va qazib olish boʻyicha qoʻshma korxona tashkil etish toʻgʻrisida shartnoma tuzgan.

Avvalroq Oʻzbekiston yadroviy chiqindilarni boshqarish strategiyasi loyihasini ishlab chiqqani va uzoq muddatli yoqilgʻi taʼminoti uchun mahalliy urandan foydalanishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi. Kichik quvvatli atom stansiyasi qurilishi MAGATE ekspertlari tavsiyalarini hisobga olgan holda davom etmoqda, birinchi blokni ishga tushirish esa besh yildan keyin rejalashtirilgan.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.