Uzbekistan Airports ziyoratchilar uchun cheklovlar haqidagi maʼlumotga izoh berdi

O‘zbekiston

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent aeroportida Saudiya Arabistoniga ziyoratchilarni joʻnatayotgan turfirmalar uchun cheklovlar joriy etilgani haqida xabarlar tarqaldi. Uzbekistan Airports bu maʼlumotni rad etdi.

Uzbekistan Airports ijtimoiy tarmoqlarda paydo boʻlgan ziyorat turlarini tashkil etuvchi sayyohlik kompaniyalari uchun cheklovlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga izoh berdi.

Tarqalgan videolarda Toshkent xalqaro aeroportida Saudiya Arabistoniga ziyoratchilarni joʻnatayotgan turfirmalar uchun cheklovlar oʻrnatilgani aytilmoqda.

Uzbekistan Airports bu maʼlumotni rad etib, “Toshkent” aeroporti va boshqaruv kompaniyasi tomonidan hech qanday cheklovlar kiritilmaganini taʼkidladi. Kompaniya aviachiptalarga ega boʻlgan barcha yoʻlovchilar reyslarga oʻz vaqtida roʻyxatdan oʻtganligiga ishontirdi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.