David Kotaria Gruziyaning Oʻzbekistondagi elchisi etib tayinlandi

O‘zbekiston

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Gruziyaning Oʻzbekistondagi yangi elchisi David Kotariadan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi. Diplomatlar ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish yoʻllari va hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini muhokama qildi.

Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Gruziyaning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi David Kotariadan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.

Marosimdan soʻng ikki davlat oʻrtasidagi ikki tomonlama aloqalarni kengaytirish yoʻllari muhokama qilindi hamda hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari belgilab olindi.

TIV elchining Oʻzbekistondagi samarali diplomatik faoliyatini amalga oshirishda har tomonlama qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.