Sirdaryoda yashovchi shaxs “Qizil kitob”ga kiritilgan qora kalxatni noqonuniy saqlagani aniqlandi

O‘zbekiston

Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida yashovchi fuqaro noqonuniy ravishda “Qizil kitob”ga kiritilgan yirtqich qushni saqlagan. Erkakka nisbatan maʼmuriy bayonnoma tuzilib, jarimaga tortilgan.

Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida yashovchi fuqaro “Qizil kitob”ga kiritilgan yirtqich qushni noqonuniy ravishda saqlagan, deb xabar beradi Ekologiya vazirligi matbuot xizmati.

Ekologlar “Laylakkoʻl” mahallasida reyd oʻtkazdi. Maʼlum boʻlishicha, fuqaro Ya.A. Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan qora kalxatni tutqunlikda saqlagan.

Erkakka nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 1 mln 875 ming soʻm miqdorida jarima solingan.

Qora kalxat tibbiy koʻrikdan oʻtgandan soʻng ozodlikka chiqariladi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.