Juma va dam olish kunlari Oʻzbekiston hududining katta qismida harorat kechasi +3…+8 daraja, kunduzi +15…+20 daraja, baʼzi joylarda +22 darajagacha boʻlgan juda iliq ob-havo saqlanib turadi.
Faqat Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatida havo soviy boshlaydi va yakshanba kuni harorat kechasi −1…−6, kunduzi −3…+2 darajagacha pasayadi.
22-fevralda janubiy tumanlarda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi.
23-fevralda Fargʻona vodiysidan tashqari, aksariyat viloyatlarda yomgʻir, shimolda yomgʻir, qor yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7−12 m/s tezlikda esadi.
Toshkentda 21−23-fevral kunlari yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi.
Harorat kechasi +5…+8, kunduzi +17…+20 daraja boʻladi.