Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi

O‘zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. O‘zbekiston–Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

O‘zbekiston–Rossiya keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

Suhbat chog‘ida yetakchilar o‘tgan yil may oyidagi O‘zbekistonga davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni yetakchilar tomonidan tasdiqlangan “yo‘l xaritasi”ga muvofiq amalga oshirish natijalari ko‘rib chiqildi.

Turli darajalarda faol davom etayotgan samarali muloqot va almashinuvlar yuksak baholandi. Savdo-iqtisodiy va investisiyaviy hamkorlikdagi asosiy ko‘rsatkichlarning o‘sish sur’atini ta’minlash, shuningdek, ikki mamlakat hududlarida sanoat kooperatsiyasi loyihalarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.

Gumanitar hamkorlik, eng avvalo, madaniyat, san’at, fan, ta’lim, shu jumladan muhandis kadrlarni tayyorlash, sog‘liqni saqlash va sport sohalarida kengayib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

O‘zbekiston va Rossiya yetakchilari xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashib, bo‘lajak tadbirlar rejasini muhokama qildi.

Muhim yangiliklarni oʻtkazib yubormang!

Asosiy voqealardan birinchi boʻlib xabar topish uchun Telegram kanalimizga obuna boʻling.